
Bavariya Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Myunxen klubi fransiyalik himoyachini kelasi yozda erkin agent sifatida yo'qotib qo'yish xavfi ostida.
OAVdagi mish-mishlarga ko'ra, Madridning Real klubi Upamekanoning Bavariyani qoniqtirmagan talablarini bajarishga tayyor. Klubning sport bo'limi rahbari Maks Eberl muzokaralar atrofidagi turli gap-so'zlarni rad etdi.
Uning ta'kidlashicha, taklif rad etilgani, tahdid va ultimatumlar haqidagi da'volar asossiz. Eberl SPORT1 bilan suhbatda muzokaralar yaxshi o'tayotganini, kelishuvni yil yakunigacha rasmiylashtirishni istashlarini, biroq buni va'da qila olmasligini aytdi.
Shuningdek, u optimistik kayfiyatda ekanini va bitimni tezroq yakunlash niyatlari qat'iyligini bildirdi. Yakshanba kuni Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa Bundesligadagi uy uchrashuvida Maynts bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.