
Joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida O‘zbekistonda Chevrolet Cobalt avtomobillaridan 131,7 ming dona ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2%ga pasayganligini Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2025 yilning yanvar-oktabr oylarida Damas avtomobillaridan 75 ming dona ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 80 ming donani tashkil etgan edi. Tracker modeli ishlab chiqarilishi esa 35 ming donadan 40 ming donaga oshgan.
KIA avtomobillari ishlab chiqarilishi 17 mingdan 21 ming donaga, BYD esa 1,6 mingdan 15 ming donaga oshgani ijobiy o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi. Umuman olganda, respublikada jami 370 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 8,8%ga ko‘pdir.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.