date

UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellarini taqdim etdi narxlar

UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellarini taqdim etdi narxlar

UzAuto Motors bozorda Chevrolet Damas’ning ikki yangi talqinini — yuk tashishga moʻljallangan Damas Max hamda yoʻlovchi tashish uchun Damas Move modelini taklif qilmoqda. Yangilangan versiyalar kattaroq o‘lchamlar, oshirilgan yuk ko‘tarish imkoniyati va bazaviy jihozlar kengaytirilgani bilan ajralib turadi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Chevrolet Damas Max kichik biznes va yetkazib berish xizmatlari ehtiyojlariga yo‘naltirilgan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, u 650 kg gacha yuk olib ketishi, yuk bo‘limi hajmi esa 3 kub metrdan oshishi mumkin.

Damas Move esa 7 o‘rinli yo‘lovchi versiyasi bo‘lib, oilaviy safarlar bilan birga tijoriy tashuvlar uchun ham moslashtirilgan. Uchinchi qator o‘rindiqlari ortida taxminan 500 litr sig‘imli bagaj bo‘limi ko‘zda tutilgan.

Xaridorlarga atmosferali benzin dvigatellarining ikki varianti taklif etiladi, uzatma qutisi esa mexanik. Osma va tormoz tizimi soddalik hamda ishonchli ekspluatatsiyani ko‘zlab ishlab chiqilgan.

Standart jihozlar ro‘yxatiga haydovchi va old yo‘lovchi xavfsizlik yostiqchalari, ABS va EBD, markaziy qulf hamda o‘g‘irlikka qarshi tizim kiradi. Move talqinida ikki zonali, Max’da esa bir zonali konditsioner o‘rnatiladi.

Shuningdek, avvalgi Chevrolet Damas versiyasi ishlab chiqarilishi davom ettiriladi. Yangi modifikatsiyalar sotuvi qachon boshlanishi keyinroq e’lon qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellarini taqdim etdi narxlar