Garovdagi avtotransport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi

Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdorlar A.S. va K.F.dan solidar tartibda undiruvchi “P.M.T.” MCHJ foydasiga 83 461,6 ming so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 11.12.2025 yilda qabul qilindi.
Qarzdor qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lash va garovdagi avtotransport vositasini topshirishdan voz kechganligi sababli, qonun talablariga muvofiq davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro choralari qo‘llandi. Natijada garovdagi "KIA Bongo 3" rusumli avtotransport vositasi maxsus texnika yordamida olib ketilib, dalolatnoma asosida jarima maydoniga joylashtirildi.
Ayni paytda avtotransport vositasi “E-Auksion” savdolariga chiqarish choralari ko‘rilib, savdodan tushgan pul mablag‘lari undiruvchiga o‘tkaziladi.
Qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lash majburiy ijro choralarining oldini olishini, aks holda mol-mulkka undiruv qaratilishi mumkinligini eslatib o‘tish muhim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!