date

UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas modellari bilan bozorga chiqdi

UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas modellari bilan bozorga chiqdi

UzAuto Motors kompaniyasi yangi Chevrolet Damas Max va Chevrolet Damas Move tijorat avtomobillarini bozorga chiqarishini e’lon qildi. Modellar tadbirkorlar va oilaviy mijozlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Chevrolet Damas Move yetti yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, kundalik foydalanish va biznes uchun mos keladi. Xaridorlarga 1,2 litrli 81 ot kuchiga ega hamda 1,5 litrli 103 ot kuchiga ega dvigatellar taklif qilinmoqda.

Chevrolet Damas Max esa 650 kg gacha yuk ko‘tarish imkoniyati va 3 kub metrdan ortiq yuk joyiga ega. Har ikki model xavfsizlik tizimlari va konditsioner bilan jihozlangan.

Chevrolet Damas Max narxi 134 439 000 so‘mdan, Damas Move esa 139 675 000 so‘mdan boshlanadi. Sotuv sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas modellari bilan bozorga chiqdi