Khusnorik orzusidagi mashinanining egasi bo'ldi

O‘zining ijtimoiy tarmoqlarida keng tanilgan bloger va xonanda Xusnora Shodiyeva (Khusnorik) yangi mashinasini sotib olgani haqida videoni bo‘lishdi. U video orqali yangi Mercedes avtomobilini olgani haqida shodlik bilan xabar berdi. Mashina qora rangda bo‘lib, Xusnora Shodiyeva ushbu yangilikni kuzatuvchilari bilan baham ko‘rdi.
Xonanda o‘z postida "Orzu ushaldi!!! Tabriklarni qabul qilaman" deb yozib, yangi avtomobilni olganidan xursandligini bildirdi. Khusnorikning bu orzusi amalga oshgani va uning baxtli lahzalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali taqdim etganini uning muxlislari katta qiziqish bilan kuzatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing