date

Farzand haqi yashirilmaydi: alimentni kamaytirgan korxona javobgarlikka tortildi

Farzand haqi yashirilmaydi: alimentni kamaytirgan korxona javobgarlikka tortildi

Byuroning Yangiobod tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan qarzdor I.K.dan undiruvchi Z.S. foydasiga farzandlarining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan aliment undirish belgilangan edi.

Qarzdorning ish joyi aniqlanib, Qonunning 64-moddasiga asosan aliment undiruvi uning ish haqiga qaratildi.

Biroq korxona tomonidan talabnomada ko‘rsatilgan miqdordan kam summa o‘tkazib kelinayotgani DMNI mutaxassisi jalb qilingan holda o‘tkazilgan tekshiruv natijasida aniqlandi.

Natijada 35 million so‘m to‘lanmagan aliment qarzi to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, aliment to‘lovlarini to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazmagan korxonaning mas’ul xodimiga nisbatan MJtKning 198²-moddasiga asosan BHMning 15 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi va u ham to‘liq undirildi.

Farzand haqi — bu qarz emas, burch. Uni yashirishga urinish qonunni ham, vijdonni ham chetlab o‘tishdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Farzand haqi yashirilmaydi: alimentni kamaytirgan korxona javobgarlikka tortildi