
Xitoyning BYD kompaniyasi elektromobil sotish bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylanish arafasida. Kompaniya ma’lum qilishicha, o‘tgan yili to‘liq elektr avtomobillar savdosi qariyb 28 foizga oshib, 2,25 million donadan oshgan. Bu natija BYD’ni Tesla’dan oldinga olib chiqmoqda.
Tesla esa yil yakuniy savdo raqamlarini hali e’lon qilmagan. Tahlilchilarga ko‘ra, kompaniya yil davomida taxminan 1,65 million avtomobil sotgan. So‘nggi vaqtlarda Tesla yangi modellarga talab pasayishi va raqobat kuchayishi sababli qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Xitoy kompaniyalari elektromobillarni arzonroq narxda taklif qilib, bozorga faol kirib kelmoqda. Bu holat G‘arb ishlab chiqaruvchilari, jumladan Tesla uchun bosimni oshirdi. Javoban Tesla ayrim modellarini arzonlashtirdi.
Mutaxassislar BYD’ning tez o‘sishi elektromobil bozorida muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘layotganini ta’kidlashmoqda. Yaqin yillarda bu sohadagi raqobat yanada kuchayishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.