U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Eron bilan durang natija qayd etdi

Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi davom etmoqda. С guruhidagi ikki kuchli jamoa — O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va Eron o‘rtasidagi bahs 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.
O‘zbekistonning yosh futbolchilari, jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarovning rahbarligida, Eronga qarshi juda kuchli harakat qilishdi. Har ikki tomon o‘yinchilari to‘p urishda muvaffaqiyatga erisha olmadi, ammo eng muhimi — ikki jamoa ham ushbu bahsda yaxshi harakat qilishdi.
Eron terma jamoasi: Mohammad Halifeh, Danial Iri, Muhammadmahdi Zare (Arshia Vosufjifard, 59), Amirmohammad Razagina, Reza Gandi Pur (Mohammad Askari, 71), Puria Latififar, Yadegar Rostami, Mohammad Javad Hussaynnajod (Erfan Jamshidi, 71), Said Mahdi Mahdavi, Farzin Moamelagari.
O‘zbekiston terma jamoasi: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, G‘iyosjon Rizakulov, Ravshan Xayrullayev, Sardor Bahromov, Saidumarxon Saidnurullayev (Muhammedali Reimov, 73), Asilbek Jumayev, Behruz Karimov, Amirbek Saidov, Dilshod Abdullayev, Nurlan Ibrayimov.
Durang natijasida, O‘zbekistonning yosh terma jamoasi ochkolar sonini 4 taga yetkazdi va 1-o‘rindagi Janubiy Koreya bilan tenglashdi. Eron jamoasi esa 2 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi. Shu bilan birga, so‘nggi turda O‘zbekiston yoshlari Janubiy Koreyaga qarshi keyingi bosqichga chiqish uchun jangovar bahs olib borishadi. Ushbu muhim o‘yin 13 yanvar kuniga belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!