07:37 / 25.04.2020
2 511

Porsche 911 avtomobilining so‘nggi nusxasi auksionda 550 ming dollarga sotildi

Porsche 911 avtomobilining so‘nggi nusxasi auksionda 550 ming dollarga sotildi
Foto: Sotheby’s
911 seriyasidagi Porsche 911 avtomobilining so‘nggi nusxasi Sotheby’s auksionida 550 ming dollarga sotildi. Xaridorga soat va Germaniyaning Vaysax kommunasidagi Porsche tadqiqot markaziga shaxsiy ekskursiya sovg‘a qilindi, deyiladi auksion saytida.

Porsche 911 avtomobili bir yil avval auksionga qo‘yilgan edi. Avtomobil olti bosqichli mexanik uzatmalar qutisiga ega. Uning spidometrdagi tezlik ko‘rsatkichi 100 ga yetishi uchun to‘rt soniya kerak bo‘ladi.
Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 310 kilometrni tashkil etadi. Salonida ikki xil rangli charmdan ishlangan qoplama mavjud.

Mashinani xarid qilgan kishiga, shuningdek, uning ishlab chiqarilishi haqidagi charm bilan qoplangan kitob, Porsche markazi bo‘ylab turga taklifnoma hamda soat sovg‘a qilingan.
Avtomobil savdosidan tushgan pulni kompaniya koronavirus bilan kurashayotgan tashkilotga xayriya qiladi.

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Porsche 911 avtomobilining so‘nggi nusxasi auksionda 550 ming dollarga sotildi