13:10 / 01.05.2020
4 454

Chevrolet Equinox modelini ilk xaridorlariga yetkazib berish boshlandi

Chevrolet Equinox modelini ilk xaridorlariga yetkazib berish boshlandi
UzAuto Motors kompaniyasi o‘tgan yilning oxirida SUV segmentiga mansub to‘rtta yangi model avtomobillarini taqdim etgan edi. Ulardan biri Chevrolet Equinox modelidir.

Premium sinfga mansub bo‘lgan, eng zamonaviy texnologiyalar, eng zamonaviy dvigatel, shassi va boshqaruv tizimi bilan jihozlangan ushbu avtomobil ham O‘zbekistondagi ilk xaridorlariga yetkazib berila boshlandi.
Bunday kechikishning sababi ilgari ma’lum qilinganidek, pandemiya bilan bog‘liq.

Bugungi kunga kelib esa yuzdan ortiq xaridorlar Chevrolet Equinox avtomobilini xarid qilish istagini bildirib, shartnoma imzolagan, deb xabar berdi UzAuto Motors.

Ma’lumot uchun, Chevrolet Equinox avtomobili qator texnik xususiyatlarga ega. Xususan, yoqilg‘i idishi hajmi 59 l, 2.0 Turbo dvigatelga ega va iste’moli aralash siklida 8,2 l/100 km tashkil qiladi. Avtomobilning tezlashish vaqti soatiga 7,8 s dan 100 km/s gacha. Avtomobilning tashqi qismida, salonga kalitsiz kirish, panoramali lyuk, eshik va yukxona bo‘limining elektruzatmasi, svetodiodli orqa va old faralar bor. Isitiladigan va elektrbukiladign oynalar ham unga xosdir.

Ayrim manbalarda uning narxi 259,5 mln. so‘mdan 349 mln. so‘mgacha(QQS bilan birgalikda) ko‘rsatib o‘tilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Chevrolet Equinox modelini ilk xaridorlariga yetkazib berish boshlandi