09:23 / 21.07.2020
1 260

Notekis yo‘lda ham harakatlanishga qodir Cadillac Escalade limuzini (foto, video)

Notekis yo‘lda ham harakatlanishga qodir Cadillac Escalade limuzini (foto, video)
Ko‘pchilik shahar ko‘chalarida Amerikaning Hummer yoki Cadillac yo‘ltanlamaslaridan yaratilgan limuzinlarni ko‘rgan bo‘lsa kerak. Ammo hammaga ham limuzinlarning asfalt bo‘lmagan yo‘llardagi harakatini ko‘rish nasib etmagan. Carakoom loyli yo‘llarda ham bemalol harakatlana oladigan limuzinga oid video bilan bo‘lishdi.

Ichida bar va 15 kishiga mo‘ljallangan divanga ega Cadillac Escalade’ning og‘irligi qariyb 4 tonnaga yaqin. Shu bilan birga, u asfalt bo‘lmagan yo‘llarda yordamga muhtojdek ko‘rinmaydi.

Katta tezlikda to‘rtta g‘ildiragi bilan harakatlanayotgan limuzinning oddiy o‘rmon ko‘lmagidan o‘tishi ham juda vahimali ko‘rinadi.

Katta og‘irlik — bu asfaltsiz yo‘lda harakatlanadigan limuzinning yagona muammosi emas. Unga hatto yaxshi «tishli» g‘ildiraklar ham yetmaydi, chunki g‘ildiraklar bazasining uzunligi sabab oddiy chuqurliklarga ham tiqilib qolishi mumkin.

Shuningdek, limuzinlarning uzaytirilgan ramasi ham u qadar bardoshli emasligini unutmaslik kerak. Bu diagonal bosimlar va zarbalar uning geometrikligiga ta’sir ko‘rsatishi va ko‘p mablag‘ sarflanadigan ta’mirlash ishlariga olib kelishi mumkin.

Videodagi Cadillac Escalade limuzini yo‘lning bir qismini yuk mashinasiga ulangan tros yordamida bosib o‘tgan, shunga qaramay u notekis yo‘llarda ham mutlaqo foydasiz emasligini namoyish etgan. Oxir-oqibat mashina kuzovida baribir ayrim shikastlar paydo bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)