17:12 / 29.06.2021
17 698

1 iyuldan davlat tashkilotlari avtomobillari raqamlari o‘zgaradi


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi.

Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsan biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga «DAV» seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari beriladi.

Davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda, chap tomonda — hududning kodi, o‘ng tomonda — O‘zbekiston bayrog‘i va «UZ» harflari bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 1 iyuldan davlat tashkilotlari avtomobillari raqamlari o‘zgaradi