19:27 / 12.08.2021
3 145

Toshkentda radar o‘rnatish joyi juda katta summaga sotildi

Toshkentda radar o‘rnatish joyi juda katta summaga sotildi
E-ijro auksionda tadbirkorlarning radar o‘rnatishiga ruxsat beriladigan hududlardan biri boshlang‘ich narxidan qariyb 100 barobar qimmatga sotildi.

Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining Hamid Olimjon maydoni hududidagi yo‘l o‘tkazgichga radar va kamera o‘rnatiladigan nuqta bo‘yicha auksion savdolari 12 avgust kuni o‘tkazildi. Lotning boshlang‘ich narxi 36 million 750 ming so‘m etib belgilangandi. 6 soatdan ortiq davom etgan savdolardan so‘ng ushbu lot 3 496 762 500 (uch milliard to‘rt yuz to‘qson olti million yetti yuz oltmish ikki ming besh yuz) so‘mga sotildi. Aynan shuncha summa taklif etgan xorijiy Tech Age kompaniyasi auksion g‘olibi deb topildi.

YHXBB barcha lotlarni chiqarganda ushbu hududdagi avtomobillar oqimi va so‘nggi ikki yil davomidagi qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirmoqda. Shu orqali qoidabuzarliklar orqali qancha pul ishlab topish mumkinligini prognoz qilish mumkin. Ammo 3,5 milliard so‘mga sotilgan lot hududida transport oqimi keltirilgan (32 000) bo‘lsa-da, qoidabuzarliklar ustunida «0» raqami yozilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda radar o‘rnatish joyi juda katta summaga sotildi