2025 yil Angliyaning Liverpul shahrida o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Sakkizta final bahslari aniqlanib, ular orasida o‘zbekistonlik yigit-qizlar ham muhim to‘qnashuvlarga tayyorlanmoqda.
E’tiborli jihati, finalga chiqish uchun ikki nafar qozoqistonlik sportchi — Aibek Oralbay (90+ kg) va Aida Abikeeva (65 kg) ham yurtimiz vakillariga qarshi ringga chiqadi. Bu o‘yinlar Markaziy Osiyo derbisi sifatida katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz.
Erkaklar orasidagi asosiy to‘qnashuvlar quyidagicha shakllandi:
-
60 kg. Abdumalik Xalokov (O‘zbekiston) – Luis Gabriel de Oliveyra (Braziliya)
-
75 kg. Rami Kivan (Bolgariya) – Fazliddin Erkinboev (O‘zbekiston)
-
90 kg. Isaiyah Santos Ribeiro Filho (Braziliya) – To‘rabek Habibullaev (O‘zbekiston)
-
90+ kg. Aybek Oralbay (Qozog‘iston) – Jahongir Zokirov (O‘zbekiston)
Ayollar bahslarida esa kurashlar yanada qizg‘in kechishi kutilmoqda:
-
57 kg. Yuliya Sheremeta (Polsha) – Yasemin (Hindiston)
-
60 kg. Rebeka De Lima Santos (Braziliya) – Aneta Rygiyełska (Polsha)
-
65 kg. Aida Abikeeva (Qozog‘iston) – Navbahor Hamidova (O‘zbekiston)
-
80+ kg. Nupur (Hindiston) – Agata Kachmarska (Polsha)
Shu tariqa, finalga yo‘llanma uchun olib boriladigan to‘qnashuvlarda o‘zbekistonlik bokschilarning oldida jiddiy sinovlar turibdi. Bu bahslar nafaqat medal taqdirini, balki kelajakdagi katta turnirlar uchun kurash yo‘nalishini ham belgilab berishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!