15:37 / 11.02.2022
1 549

«Avtoyo‘l»ning monopoliyasi tugatiladi

«Avtoyo‘l»ning monopoliyasi tugatiladi
«Qaysi viloyat hokimi yoki ichki ishlar boshlig‘i ushbu korxonalarni borib, ularning muammolari bilan qiziqqan? Afsuski, hech kim», dedi Prezident yig‘ilishda. Respublika bo‘yicha mavjud 3 mingga yaqin chorrahada svetoforlarning «yagona egasi» yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Misol uchun, Toshkent shahrida Katta va Kichik xalqa yo‘llari – «Avtoyo‘l»ga, poytaxt ichidagi 74 ta markaziy ko‘cha – shahar obodonlashtirishga, 5,2 mingta ko‘cha – tuman hokimliklariga, mahallalar, ko‘p qavatli uylar hududidagi yo‘llar shirkatlarga qaraydi.

Endi viloyat va tuman markazlaridagi yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlari, svetoforlar, yoritgichlar o‘rnatish, yo‘l chiziqlar chizish, piyoda o‘tish joylarini belgilash, umuman yo‘l harakati vositalarini tartibga solishga Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi mas’ul bo‘ladi.

Sohadagi korxonalar hokimliklardan hududiy YXHBlarga o‘tkaziladi. O‘tkazishdan oldin viloyat hokimlariga korxonalarni texnika bilan ta’minlash topshirildi.

Shuningdek, 2023 yil yakuniga qadar ushbu xizmatlar uchun autsorsingga ham yo‘l ochiladi, ya’ni raqobat bo‘ladi.

Vaholanki, respublika bo‘yicha yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqaradigan 1 dona korxona («Avtoyo‘l»ga qarashli «Avtoyo‘l belgi» korxonasi) mavjud bo‘lib, uning quvvatlari ehtiyojning 20 foizini ham qoplamaydi.

Bu boradagi ishlarni moliyalashtirish uchun YXHB tizimida «Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda» respublika va viloyat jamg‘armalari tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Jamg‘armalar har yili kamida 400 milliard so‘m tushadigan aniq manbalarga ega bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari misol tariqasida Farg‘ona viloyati tajribasini ko‘rsatib o‘tdi. Viloyat budjetidan 24 milliard so‘m ajratilib, 125 kilometr yo‘llarga yoritgich va nur qaytaruvchi vositalar, 24 ta piyoda yo‘laklariga svetofor, 107 tasiga «sun’iy do‘ngliklar» o‘rnatilgan.

Natijada viloyatda umumiy avariyalar 31 foizga, o‘lim bilan bog‘liq holatlar 21 foizga, piyodalar ishtirokidagi hodisalar 37 foizga kamaygan.

Viloyat, tuman va shahar hokimlariga ichki ishlar boshliqlari bilan birga muammoli joylar, «avariya o‘choqlari»dan kelib chiqib, ularni bartaraf etish bo‘yicha oylik va choraklik manzilli dasturlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, yo‘l belgilarini ishlab chiqishda «Avtoyo‘l»ning monopoliyasi bekor qilinadi va ushbu sohaga tadbirkorlar jalb qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Avtoyo‘l»ning monopoliyasi tugatiladi