date

Air India fojiasi: 260 kishi nobud bo‘ldi

Air India fojiasi: 260 kishi nobud bo‘ldi
2025-yil iyunida Hindistonning Ahmedabad shahridan havoga ko‘tarilgan Air India 171-reysi parvozi ko‘p o‘tmay qulab, 260 kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu dahshatli halokat ortidan halok bo‘lganlarning to‘rt nafar yo‘lovchisi oilalari AQShda Boeing va Honeywell kompaniyalariga qarshi da’vo ochdi.

Da’vo arizasida ta’kidlanishicha, samolyotdagi yoqilg‘i kalitlari nosoz bo‘lgan va shu sababli dvigatellarga yoqilg‘i oqimi uzilib qolgan. Oilalar ishlab chiqaruvchilar bu xavfni oldindan bilgan bo‘lsa-da, uni bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlikda ayblamoqda.

Hindistonning Aviatsiya halokatlarini tergov byurosi ham dastlabki hisobotida aynan shu nosozlikni qayd etdi. Uchishdan bir necha soniya o‘tib yoqilg‘i kaliti “cut-off” holatiga o‘tgani sababli samolyot kuchsizlanib, boshqaruvni yo‘qotgan. Bu esa butunlay dizayn nuqsoni sifatida ko‘rilmoqda.

Boeing izoh bermadi, Honeywell ham rasmiy javob qaytarmadi. Mutaxassislar halokat yuzasidan yakuniy hisobot 2026-yilda e’lon qilinishini kutmoqda. Oilalar esa adolat qaror topishini va bunday fojiaga sabab bo‘lganlar javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Air India fojiasi: 260 kishi nobud bo‘ldi