date

Chevrolet Equinox 2026 elektromobilini narxi e'lon qilindi

Chevrolet Equinox 2026 elektromobilini narxi e'lon qilindi

Chevrolet Equinox 2026 elektromobili yangi imkoniyatlar va qimmatroq narxlarda bozorga chiqmoqda, deb GMAutority xabar berdi.

Boshlang‘ich LT 1 versiyasi $36,4 ming (452 mln so‘m atrofida), LT 2 — $43,2 ming (537 mln so‘m), RS modeli esa $45,5 ming (566 mln so‘m)dan boshlanadi. O‘tgan yilga nisbatan narxlar o‘rtacha $1,5 mingga oshgan.

Avtomobilda Midnight Package va Polar White Tricoat kabi yangi rang variantlari taqdim etildi. RS versiyasida qora tom yopmasi endilikda standart hisoblanadi (2025-yilda bu qo‘shimcha $495 turardi).

Equinox EV bir qator zamonaviy texnologiyalarga ega. Mashina bir marta quvvatlanganda 500 km masofagacha yura oladi. Salonida katta sensorli ekran, yangi multimedia tizimi va haydovchi yordamchi funksiyalari mavjud.

General Motors Equinox EV’ni asosan oilaviy sayohatlar va shahar sharoiti uchun qulay hamda nisbatan arzon elektr krossover sifatida taqdim etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Chevrolet Equinox 2026 elektromobilini narxi e'lon qilindi