date

Eski avtomobillar uchun texnik ko‘rik muddati belgilandi

Eski avtomobillar uchun texnik ko‘rik muddati belgilandi

O‘zbekistonda avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi. Bu boradagi yangiliklar Prezidentning “Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bayon etilgan.

Unga ko‘ra, endilikda ishlab chiqarilganiga 10 yil bo‘lmagan yengil avtomobillar texnik ko‘rikdan ixtiyoriy asosda o‘tkaziladi. Ya’ni, bunday mashina egalari xohlasa – tekshirtiradi, xohlamasa – yo‘q.

Ammo avtomobil 11 yildan oshgan bo‘lsa, texnik holati majburiy nazoratdan o‘tkaziladi. Bu holatda texnik ko‘rik quyidagicha amalga oshiriladi:

  • 11 yildan 14 yilgacha bo‘lgan avtomobillar – har 2 yilda bir marta tekshiriladi.

  • 15 yil va undan ortiq avtomobillar – har yili bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Bu tartib faqat oddiy jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar uchun amal qiladi. Tijorat maqsadida — yo‘lovchi tashish uchun ishlatiladigan avtomobillar esa ushbu ro‘yxatdan mustasno bo‘lib, ular alohida tartibda tekshiriladi.

Yangi qaror avtomobil egalari uchun qulaylik yaratadi. Shu orqali byurokratik to‘siqlar kamayib, xizmat ko‘rsatish tizimi yanada yengillashishi kutilmoqda. Mutaxassislar esa texnik ko‘rikni o‘tkazish – mashina egasining xavfsizligi uchun muhim, deb eslatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Eski avtomobillar uchun texnik ko‘rik muddati belgilandi