Instagram – dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqlardan biri bo‘lib, unga har kuni millionlab odamlar video va suratlarni joylashtirib, do‘stlarining va mashhurlarning hayotini kuzatib boradi. Bugungi kunda, platformaning asosiy xususiyati nafaqat ilhom, balki odamlarda o‘zidan qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyatini uyg‘otishda katta rol o‘ynaydi. Instagram har kuni yangi suratlar, videolar, story'lar va reels'lar bilan to‘lib-toshadi, ammo bu qanday ta’sir qiladi? Haqiqatan ham, Instagram ruhiyatga ijobiydan ko‘ra salbiy ta’sir ko‘rsatmoqdami?
Go‘zallik va mukammallik talablari
Instagram va shunga o‘xshash ijtimoiy tarmoqlar odamlarni o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga undaydi. Har kuni suratlar va videolar orqali ideal qomatlar, hashamatli uylar, qimmat mashinalar va qiziqarli sayohatlar o‘rtaga tashlanadi. Bu, o‘z navbatida, foydalanuvchilarni o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga, kundalik hayotni ijtimoiy tarmoqlardagi “baxtli hayot”lar bilan solishtirishga olib keladi.
Psixologiyada bu jarayon ijtimoiy taqqoslash (social comparison) deb ataladi. Instagram'da juda uzoq vaqt foydalanish natijasida, ko‘pincha o‘zini past baholash, tashqi ko‘rinishidan norozilik va “men yetarli emasman” degan tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Bu, ayniqsa, yoshlar va o‘smirlar uchun xavfli, chunki ular “men kimman?” deb savol qo‘yayotgan davrda bunday taqqoslashdan ko‘proq zarar ko‘rishlari mumkin.
Instagram'dagi ko‘p suratlar va videolarning ko‘pchiligi idealizatsiyalangan hayotga, go‘zallikka va mukammollikka qaratilgan bo‘lib, ular har doim ham haqiqiy hayotni aks ettirmaydi. Agar inson bu tasvirlarni haqiqiy hayot standarti deb qabul qilsa, ruhiy bosim va stressga yo‘l qo‘yiladi, oilaviy nizolar va turli sog‘liq muammolari paydo bo‘lishi mumkin.
Like va “follower”lar bosimi
Instagram'da “like” va “follower”lar soni ko‘pincha insonning o‘zini qadrlash mezoniga aylanadi. Kam layklar to‘plagan postlar foydalanuvchini o‘zini qiziqarsiz yoki ortiqcha his qiltirar ekan, bu o‘z navbatida kayfiyatning pasayishi, tushkunlik va xavotirga olib keladi. Psixologik tadqiqotlar shunga ishora qiladiki, ayniqsa yoshlar va o‘smirlar tashqi baholashga ko‘proq bog‘langan bo‘lib, ular shunga mos holda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z shaxsiy qadrlarini baholashga boshlaydilar.
Instagram'dagi “like” va “follower”lar aslida insonning qadrini realniy hayotdagi yutuqlardan emas, balki ijtimoiy tarmoqdagi raqamlar orqali o‘lchashga olib keladi. Bu jarayon har safar yangi layk va kuzatuvchilardan dopamin ajralishiga sabab bo‘ladi, natijada ijtimoiy tarmoqka bo‘lgan qaramlik kuchayadi.
Vaqtni o‘g‘irlaydigan "scrolling"
Instagram'ning asosiy xususiyatlaridan biri foydalanuvchini vaqtning katta qismini platformada ushlab turish. Bu ko‘pincha “infinite scrolling” (cheksiz skrolling) orqali amalga oshiriladi, bu tarzda algoritmlar foydalanuvchining qiziqishlariga mos kontentni doimiy ravishda ko‘rsatib, uni bir necha soat davomida videolar, suratlar va kliplar bilan band qiladi. Natijada, kunlik faoliyatlar, o‘qish yoki shaxsiy rivojlanish orqaga suriladi va insonning unumdorligi pasayadi.
Shuningdek, doimiy yangilanib turadigan kontent va o‘zgaruvchi hikoyalar foydalanuvchining diqqatini tartibsizlantiradi, bu kayfiyat o‘zgarishlariga, stress va bezovtalikka sabab bo‘lishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, Instagram'ga bo‘lgan qaramlik o‘z vaqtidagi va kundalik faoliyatlarga ta’sir qiladi.
Yashirin ijobiy jihatlar ham bor
Instagram, shubhasiz, ijodiy fikrlash, bilim almashish va biznes yuritish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Ko‘plab yoshlar platformadan qo‘shimcha daromad topish va yangi do‘stlar orttirish imkonini topmoqda. Instagramda foydalanuvchi o‘z hayotini qanday tarzda boshqarishini o‘zi tanlaydi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanish insonning ruhiy salomatligini saqlash va yanada samarali bo‘lish uchun muhimdir. Instagram'ni ongli ishlatish muhim, shu orqali nafaqat baxtli bo‘lish, balki hayotingizning har bir lahzasini qadrlashga erishish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!