
O‘zbekistonda 2025-yil avgust oyida yengil avtomobillar savdosi 90 ming donani tashkil etdi, deb Uz24.uz xabar berdi. Bu ko‘rsatkich iyul oyiga nisbatan 9,5 foizga kamaygan.
Eng katta pasayish Toshkent, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatildi. Ayrim hududlarda, xususan, Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Andijonda esa savdo hajmida o‘sish qayd etilgan.
Birlamchi bozorda 37,6 mingta yangi avtomobil sotilgan bo‘lib, shundan 32,6 mingtasi mahalliy ishlab chiqarilgan. Yangi import avtomobillar soni 4,9 mingta bo‘lib, ularning sonida sezilarli pasayish kuzatilgan (−9,4%).
Ikkilamchi bozorda esa savdo hajmi 52,7 mingtaga tushgan (−14,3%). Elektromobillar savdosi bo‘yicha esa o‘rtacha oylik o‘sish 0,6% ni, yillik o‘sish esa 4,6 barobarni tashkil etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar