Gollivudning mashhur aktyori Arnold Shvarsenegger o‘ng oyog‘ini sindirib oldi. Artist ABC News telekanalida efirga uzatiluvchi Live with Kelly teleko‘rsatuviga maxsus tibbiy poyabzalda kelgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
"Shunchaki pedikyur vaqtida biroz shikastlab oldim", deb hazil javob bergan aktyor boshlovchining savoliga. Shvarsenegger ortiqcha zo‘riqishdan hosil bo‘ladigan stress sinishi deb ataluvchi jarohat olganini aytdi.
"Balki bu chang‘ida uchganimdandir, balki ko‘p marta o‘tirib-turish mashqlarini bajarishim yoki yugurishdandir. Biroq bu kimni ham tashvishlantirardi?", deb aytgan aktyor. 69 yoshli aktyor bu jismoniy mashqlarga ko‘p vaqt sarflaganini ta’kidlab o‘tgan.
Shvarsenegger shifokorlar unga bir necha hafta davomida tibbiy poyabzal kiyib yurishni tavsiya qilishganini, biroq u "bu oyoq kiyimni juda tez chang‘i poyabzaliga almashtirish niyatidaligini" aytgan. Boshlovchilar ham o‘z navbatida aktyorning oyog‘idagi poyabzal "terminatorlarga xos ko‘rinishini" aytib hazillashishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi