Taniqli diktor, “MY5” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Diydor shirin” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova 8 fevraldan 9 fevralga o‘tar kechasi 68 yoshida olamdan ko‘z yumdi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Xabar qilishlaricha, shifokorlar salomatligi tiklanayotgan Nasiba Maqsudovaga muolajalarni uy shoiritida davom ettirishga ruxsat berishgan. Bir necha kundan buyon uyida davolanayotgan teleboshlovchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi shifoxonasiga olib kelingan. Ko‘p o‘tmay uning ahvoli og‘irlashib, joni uzilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Nasiba Maqsudova 1948 yilda tavallud topgan. Uzoq yillar O‘zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan. Uning so‘nggi 10 yillikdagi faoliyati xususiy telekanallar bilan bog‘landi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Nasiba Maqsudovaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiramiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi