date

Nigora Karimboyeva: “Yulduzlik kasaliga uchragan paytim ham boʻlgan”

Nigora Karimboyeva: “Yulduzlik kasaliga uchragan paytim ham boʻlgan”

Aktrisa Nigora Karimboyeva "Mening oshxonam" loyihasida mehmon boʻlib, ijodiy faoliyati davomida boshdan kechirgan murakkab davrlari haqida ochiqchasiga soʻzlab berdi.

Sanʼatkor “yulduzlik kasali” deb ataladigan holat unga ham begona boʻlmaganini yashirmadi:

“Ha, men ham yulduzlik kasaliga uchraganman. Buni tan olaman. Chunki bu holat deyarli har bir sanʼatkor hayotida uchraydi. Ammo keyinchalik oʻzimni qoʻlga oldim, oʻzimga keldim.”

Uning aytishicha, bu davr asosan oʻrta yoshlariga yaqin — 30 yoshlar atrofida yuz bergan. Oʻsha paytlarda u koʻplab davlat filmlarida rol ijro etib, turli kinofestivallarda qatnashgan va mashhurlik choʻqqisiga chiqqan.

“Baʼzida kimdir biror gap aytsa, ichimda 'shumi, menga shuni ravo koʻrdinglarmi?' degan fikrlar ham boʻlgan. Oʻsha paytda inson oʻzini boshqacha tutib qoʻyadi,” — deydi aktrisa.

Nigora Karimboyeva bu holatning salbiy oqibatlari haqida ham toʻxtaldi:

“Yulduzlik kasaliga chalingan paytingizda sizni 'tepadan tashlab yuborishadi'. Qayerlargadir chaqirishmaydi, baʼzi joylarda sizga boshqacha nazar bilan qarashadi. Hatto 'buni chaqirmanglar' degan gaplar ham boʻladi.”

Aktrisa taʼkidlashicha, aynan shunday vaziyatlar insonni oʻziga kelib olishiga majbur qiladi:

“Shundan keyin asta-sekin oʻzingizga kelasiz, oʻzingizni yigʻishtirasiz. Odamlar bilan muloyim gaplashishni, oddiy muomala qilishni oʻrganasiz. Vaqt oʻtib, hammasi oʻz oʻrniga tushadi.”

Suhbat yakunida u muhim xulosani ham aytib oʻtdi:

“Agar inson shu paytda oʻzini qoʻlga olib, oʻzini yigʻishtirib olmasa, sanʼatdan butunlay yoʻqolib ketishi mumkin.”

Mazkur samimiy eʼtirof muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda va sanʼat olamidagi koʻplab yosh ijodkorlar uchun muhim saboq boʻlib xizmat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Nigora Karimboyeva: “Yulduzlik kasaliga uchragan paytim ham boʻlgan”