Amerikaliklar hibsga olingan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga yordam berish uchun ikki million dollar yuborishga qaror qilishdi. Bu AQSH tomonidan birovning mulkini ilk bor tortib olish emas: Afg‘onistondan 7 milliard, Erondan - undan ham ko‘p mulk tortib olingan. Vashington ishtahaga kirsa, Moskva ko‘p narsani yo‘qotishi mumkin.
Majburiy yordam
AQSH Kongressining Vakillar palatasi muzlatilgan Rossiya mablag‘laridan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va “Rossiyani demokratlashtirish” uchun foydalanishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi (417 kongressmen yoqlab, sakkiz nafari qarshi ovoz bergan).
Dastlab uchun ular prezident Jo Baydenni sanksiyalar ostida hibsga olingan hashamatli buyumlarni sotishga chaqirishdi, deb yozadi The New York Times. To‘g‘ri, aktiv egalarini ushbu harakatlarga e’tiroz bildirish huquqidan mahrum qiluvchi qonun loyihasi o‘tmadi, lekin quvonishga hali erta.
Bayden rossiyalik oligarxlarga qarshi kurashish uchun Kongressga takliflar paketini yuborayotganini aytdi. "Biz ularni to‘plagan pullaridan mahrum qilish uchun hamma narsani qilamiz... Mulkni tortib olish va musodara qilishning yangi mexanizmlari yaratiladi. Biz, oligarxlar aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplashga yuborilishi uchun hamma narsani qilamiz”, dedi Bayden.
Bundan tashqari, Davlat departamenti Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Moskva Vashingtonning barcha qarorlariga, hattoki bunday "ahmoqona" qarorlariga ham javob berishga va’da berdi.
Aprel o‘rtalarida AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan muzlatilgan aktivlar rossiyalik tadbirkorlarga qaytarilmasligini aytdi. Shu bilan birga, uning o‘zi buni "qo‘lga kiritish" deb tasniflagan.
Bu yo‘lda Vashington, katta ehtimol bilan, ikki million bilan cheklanmaydi. Amerikaliklar Rossiya Markaziy bankiga tegishli bo‘lgan uch yuz milliard dollarni ham muzlatib qo‘yishgan. Ushbu mablag‘lar Federal Rezerv tizimi hisob raqamlarida.
Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Oq uy ularni Kiyevga qanday jo‘natish masalasini ko‘rib chiqayotganini yashirmaydi. Bunga hozircha ayrim huquqiy normalar to‘sqinlik qilmoqda.
Zelenskiyning ishtahasi yanada katta: u Rossiya Markaziy banki va milliarderlarning mablag‘laridan 400 milliard dollarga umid qilmoqda.
Kuppa-kunduz kuni amalga oshirilayotgan talonchilik
O‘tgan yili rasmiy hukumat Tolibondan qochib ketganda, amerikaliklar Afg‘onistonning 7 milliard dollarini muzlatib qo‘ygan edi. Ular bu Kobulga bosim o‘tkazish uchun diplomatik dastak bo‘lib xizmat qilishini aytishgan.
Mablag‘larning bir qismi 2001 yil 11 sentabrdagi teraktdan jabrlangan oilalarga kompensatsiya to‘lash uchun yuborilgan, qolgan qismi gumanitar yordamga yo‘naltiriladi. Tolibon buni talonchilik deb atadi, ammo Vashington umuman xijolat tortmadi. Ular buni AQSH va ittifoqchilarning Afg‘oniston iqtisodiyotiga yigirma yillik sarmoya kiritganini ro‘kach qilishdi.
Hatto BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham bu pulni qaytarishni talab qilgan edi, chunki mamlakat o‘ta qaltis vaziyatda qolgan edi. Bundan tashqari, amerikaliklar Afg‘onistonga xuddi shu yetti milliardga loyiq harbiy texnika tashlab ketishgan, CNN xabariga asosan. AQSH chiqib ketganidan so‘ng, Pentagonning qonunchilarga bergan hisobotiga ko‘ra, harbiy samolyotlar va transport vositalari, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va aloqa vositalari Tolibon* qo‘liga o‘tgan.
Eronga esa - hech narsa berilmagan. 1979 yilgi Islom inqilobidan keyin muzlatilgan aktivlar 100-120 milliard dollarga baholanmoqda. Bundan tashqari, mablag‘lar nafaqat AQSHda, balki Xitoy, Janubiy Koreya, Luksemburg, Yaponiya va Iroqda ham mavjud. Uning asosiy qismi neftdan olingan daromadlar.
Erondagi inqilob natijasida Vashingtonga do‘st bo‘lgan Shoh Muhammad Pahlaviyni ag‘dardi. AQSHning Tehrondagi elchixonasi egallab olindi, 66 nafar amerikalik garovga olindi. Ulardan oxirgisi 1981 yil oxirida qamoqdan chiqarilgan.
Sudsiz so‘roqsiz - pullar tortib olindi
"AQSHning bunday hatti-harakatlari hech qanday xalqaro huquq normalarida belgilanmagan. Shubhasiz, ular ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini bundan keyin ham davom ettiradi. Ilgari mumkin emas bo‘lib tuyulgan qadamlar qo‘yilmoqda, - deydi xalqaro huquqshunos Dmitriy Romanenko. - Albatta, bunga javob choralari ham bo‘ladi. Rossiya o‘z hududidagi AQSHning jismoniy va yuridik shaxslariga tegishli aktivlarini hibsga olish huquqidan foydalanishi mumkin”.
Huquqshunos "Kongress qaroriga biror xalqaro sud tomonidan e’tiroz bildirilishiga shubha bilan qaraydi, chunki Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun ular xalqaro sudlarga ham bosim o‘tkazishga tayyor" deb hisoblaydi.
Rossiya Fanlar akademiyasining AQSH va Kanada tadqiqotlari instituti bosh ilmiy xodimi Vladimir Vasilev, “Rossiyaning muzlatilgan uch yuz milliard dollaridan foydalanish g‘oyasi Kiyevda bildirilgan, keyin esa Vashingtonda ko‘tarilgan”, deb ta’kidlaydi.
Buning uchun ma’lum huquqiy to‘siqlar borligi ma’lum bo‘ldi. Hisoblarni muzlatish boshqa narsa, "ular uchun mavjud bo‘lgan mablag‘larni sarflash boshqa narsa. Buning uchun milliy hokimiyat yoki sud organlari etarli emas". Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat hech qachon sodir bo‘lmagan.
“Ha, bu Afg‘oniston bilan bog‘liq vaziyatni eslatadi, ammo "Tolibon*" taqiqlangan terrorchi tashkilot. Buni yarim pretsedent deb hisoblash mumkin. Odatda, Erondagi kabi mablag‘lar muzlatiladi, keyin ularni qaytarish masalasi hal qilinadi. Yoki bu aktivlar cheksiz muddatga, iqtisodiy kompensatsiya uchun foydalaniladi”, deya qo‘shimcha qiladi ekspert.
Rossiya pullari ukrainalik qochqinlarni qabul qilgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ham o‘tkazilishi mumkin. Shu bilan birga, RIA Novosti suhbatdoshi ushbu mablag‘lar maqsadli sarflanishiga shubha qilmoqda.
"Amerikaliklar uch yuz milliardni sarf qilishlarini darhol e’lon qilishga biroz xavfsirashmoqda. Bu "xamir uchidan patir xolos", ular sekin-sekin bo‘laklarga bo‘lib ushbu mablag‘ni ishlatib yuborishmoqchi. Ana shunda u nisbatan qonuniy ko‘rinishi mumkin".
"Hozir ular dastlabki transhni Ukrainaga jo‘natishadi. Insonparvarlik yordami yoki boshqa narsa ko‘rinishida. Keyin sekin-asta uning miqdorini oshirib borishadi va xalq bunga ko‘nikib qoladi”, - deydi Vasilev.
Vashington jahon moliyaviy amaliyotida o‘ta xavfli pretsedent boshlamoqda. Bundan so‘ng hech bir davlat o‘z jamg‘armalari xavfsiz ekanligiga ishonmaydi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi