Xitoyda birinchi xonimlar Xayxe daryosida sayohat qildi

1 daqiqa o'qish52.2K
Xitoyda birinchi xonimlar Xayxe daryosida sayohat qildi

1 sentyabr kuni Xitoyning Tyanszin shahrida “Shanxay hamkorlik tashkiloti plyus” formati doirasidagi muhim uchrashuvlar nafaqat davlat va hukumat rahbarlari, balki ularning turmush o‘rtoqlari uchun ham o‘ziga xos madaniy dasturlar bilan yodda qoldi. Mezbonlikni Xitoy Raisi Si Szinpinning rafiqasi Ping Liyuyen amalga oshirdi.

U dastlab mehmonlarni iliq va samimiy kutib oldi. Birinchi xonimlar madaniy dastur boshlanishidan oldin oilaviy suratga tushib, o‘zaro samimiy muloqot qildi. Dasturning ilk qismida turli mamlakatlar vakillari o‘z davlatlari madaniy merosi, an’anaviy qimmatliklari va tarixiy yutuqlari haqida qiziqarli ma’lumot almashdi. Bu jarayon nafaqat do‘stona muhitni kuchaytirdi, balki xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy yaqinlikni ham yanada mustahkamladi.

Shundan so‘ng birinchi xonimlar uchun Xayxe daryosi bo‘ylab maxsus kema sayri tashkil etildi. Daryo sohilidagi manzaralar, shaharning zamonaviy va tarixiy qiyofasi mehmonlarga katta taassurot qoldirdi.

Xitoyda birinchi xonimlar Xayxe daryosida sayohat qildi

Tadbirda Nepal, Armaniston, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Eron, Misr, Turkiya va O‘zbekiston rahbarlarining rafiqalari, shuningdek Eron Prezidentining qizi ham ishtirok etdi. Bu sayohat ishtirokchilar uchun nafaqat madaniy hodisa, balki mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida ham ahamiyat kasb etdi.

Shu tariqa, Tyanszindagi madaniy dasturlar “SHHT plyus” sammitiga o‘ziga xos rang-baranglik bag‘ishlab, birinchi xonimlar o‘rtasida samimiy muloqot va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?