The Jerusalem Post an’anaviy tarzda «jahondagi eng nufuzli 50 yahudiy» ro‘yxatini taqdim etdi.
Unda siyosat, biznes va madaniyat vakillari jamlangan. Eng kutilmagan ismlardan biri sifatida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ham kiritildi.
Yangilangan reytingning birinchi o‘rnini Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu egalladi.
Ikkinchi o‘rinda — AQSH prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff, uchinchi pog‘onada esa Isroil maxsus xizmati «Mossad» rahbari David Barnea joylashdi.
Kuchli o‘nlikdan Oq uy maslahatchilari Stiven Miller va Adam Boeler, AQSH savdo vaziri Hovard Latnik hamda Google hammuassisi Sergey Brin o‘rin olgan.
Mixail Mishustin ilk bor mazkur reytingga kiritilib, 18-o‘rinni egalladi.
Sem Altman va Mark Sukerberg 33-pog‘onadan joy olgan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa bu safar ro‘yxatdan o‘rin olmadi.
Ta’kidlanishicha, bugungi global jarayonlar ham ma’lum ma’noda mazkur reytingda o‘z aksini topgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!