date

Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi a’zosi Trent Kelli bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi a’zosi Trent Kelli bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 sentyabr kuni Nyu-Yorkda AQSH Kongressi a’zosi, Vakillar palatasidagi O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha kokus raisi Trent Kelli va Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor Bobbi Jin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, shu jumladan parlamentlararo muloqotni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Parlamentlararo muloqot va almashinuvlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Kongress Senati va Vakillar palatasi a’zolari O‘zbekistonga muntazam tashrif buyurmoqda. O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha kokus faol ishlamoqda, uning tarkibi kengaymoqda. Kongressda har yili ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgan O‘zbekiston kunlari o‘tkazilmoqda.

AQSH Missisipi shtati bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarga yuksak baho berildi.

O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda Kongressning qo‘llab-quvvatlovi muhim ekani ta’kidlandi.

Suhbat yakunida yaqinda Kongress delegatsiyasi va Missisipi shtati ishbilarmonlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi a’zosi Trent Kelli bilan uchrashdi