date

Ronaldu tarixiy 1000 gollik marraga yaqinlashmoqda

Ronaldu tarixiy 1000 gollik marraga yaqinlashmoqda

Saudiya Arabistoni chempionati 3-turidan o‘rin olgan "An-Nasr" — "Ar-Riyod" uchrashuvida (5:1) portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa Ronalduning shaxsiy hisobida 945 ta gol jamlandi va bu ko‘rsatkich jahon rekordi sifatida qayd etilmoqda. Endi unga professional faoliyati davomida 1000 ta gol urish va tarixda bu marraga birinchi yetib borgan futbolchi sifatida qayd etilishi uchun yana 55 ta gol kerak.

Gollar soni bo‘yicha umuman tarixda ikkinchi o‘rinda Lionel Messi turibdi. Argentinalik afsona Ronaldudan ancha ortda qolmoqda — Leo 882 marta gol urgan.

Qayd etish joizki, Krishtianu Ronaldu hozirda 40 yoshda. Uning “An-Nasr” klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu tarixiy 1000 gollik marraga yaqinlashmoqda