date

Falastin tan olindi, Isroilga siyosiy bosim kuchaydi

Falastin tan olindi, Isroilga siyosiy bosim kuchaydi
Buyuk Britaniya Falastinni davlat sifatida tan oldi. Shundan so‘ng, tashqi ishlar vaziri Yvette Kuper Isroilni G‘arbiy Sohilni o‘z hududiga qo‘shib olmaslikka chaqirdi.

Bosh vazir Keyr Starmerning tashabbusi bilan Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Portugaliya Falastinni davlat sifatida tan oldi. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu esa bu qarorni “terrorizmni mukofotlash” deb atadi.

Kuperning aytishicha, qaror ikki tomon xavfsizligini ta’minlash va tinchlik imkoniyatini jonlantirish uchun qilingan.

Falastin rahbariyati Britaniya qarorini olqishlab, bu qadam mintaqada tinchlik va yaxshi qo‘shnichilik uchun muhim bo‘lishini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Falastin tan olindi, Isroilga siyosiy bosim kuchaydi