date

Goal eksperti kelasi o‘n yil «Oltin to‘p» egalarini aytdi

Goal eksperti kelasi o‘n yil «Oltin to‘p» egalarini aytdi

Futbol olamida eng nufuzli va orzuqli sovrin sanaladigan «Oltin to‘p» kimning qo‘liga o‘tishi har doim katta qiziqish uyg‘otadi. Nufuzli Goal portali tahlilchilari va ekspertlari yaqin o‘n yillikda qaysi futbolchilar ushbu mukofotga ega chiqishi mumkinligini bashorat qildi.

Nashr ta’kidlashicha, taxminlar iqtidorli yoshlar salohiyati, ularning xalqaro va klub miqyosida ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan natijalari, katta turnirlardagi ishtiroki hamda ehtimoliy transferlar asosida qilingan. «Biz futbol olamining kelajak yulduzlari haqida fikr yuritdik va ulardan kimlar yorqin natijalari bilan «Oltin to‘p»ga da’vogar bo‘lishi mumkinligini taxmin qildik», – deyiladi xabarda.

Goal portali kelgusi o‘n yil uchun o‘z prognozi bilan o‘rtoqlashdi:

2026 yil – Kilian Mbappe. Fransiya yulduzi yosh bo‘lishiga qaramay, allaqachon dunyodagi eng kuchli hujumchilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

2027 yil – Muhammad Saloҳ. Misrlik mahoratli hujumchi hali ham yuqori darajada o‘ynab, tajribasi bilan asosiy dovyurak futbolchilardan biriga aylanishi mumkin.

2028 yil – Jud Bellingham yoki Cole Palmer. Angliya futbolining ikki yosh iqtidorlari kelgusi yillarda yetakchi o‘rinlarni egallashi kutilmoqda.

2029 yil – Erling Holland. Norvegiya to'purari ko‘plab gollari va ta’sirchan statistikasi bilan eng kuchli da’voglardan biri.

2030 yil – Lamine Yamal. «Barselona»ning yosh iqtidorli futbolchisi allaqachon butun Evropada katta qiziqish uyg‘otgan va kelajakda to‘liq yulduz bo‘lishi kutilmoqda.

2031 yil – yana Lamine Yamal. Uning salohiyati uzoq yillar davomida yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashi mumkin.

2032 yil – Desire Doue. Fransiyalik yosh futbolchi katta istiqbolga ega ekani ta’kidlanmoqda.

2033 va 2034 yillar – yana Lamine Yamal. Goal portali ekspertlari uning iste’dodi va mahoratlari yordamida uzoq muddat futbol olamining yetakchilaridan biriga aylanishini taxmin qilmoqda.

Shu tariqa, yaqin o‘n yil ichida Mbappe, Saloҳ, Holland kabi mashhur yulduzlar bilan birga Yamal kabi yosh iste’dodlar ham futbol tarixida o‘z nomini mustahkamlashlari mumkin. Bu taxminlar muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi va «Oltin to‘p»ning kelajak egalari haqida qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Goal eksperti kelasi o‘n yil «Oltin to‘p» egalarini aytdi