date

AQShda yashash uchun endi grin-kartani kutish shart emas

AQShda yashash uchun endi grin-kartani kutish shart emas

19-sentyabr kuni Donald Tramp xorijiy fuqarolarga AQShda yashash huquqini tezlashtirilgan tartibda taqdim etuvchi Trump Gold Card dasturini joriy etdi, deb xabar berdi uz24.uz.

Dastur shartlariga ko‘ra, 1 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgan va yuqori malakali xorijliklar Gold Card olishi mumkin. Shuningdek, AQShdagi kompaniyalar o‘zlarining xorijlik xodimlari uchun 2 million dollar evaziga yashash huquqini rasmiylashtirishi mumkin.

5 million dollar to‘laganlarga esa Trump Platinum Card beriladi. Bu karta egalarining AQShdan tashqarida topgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Trampning fikricha, bu dastur “muvaffaqiyatli va samarali insonlarni” jalb qiladi hamda AQSh iqtisodiyotiga milliardlab dollar olib kiradi. Savdo vaziri Govard Latnikga ko‘ra, bu tashabbus yangi bizneslar ochilishiga va minglab ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi. Dastur orqali byudjetga 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ tushishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda yashash uchun endi grin-kartani kutish shart emas