Afg‘onistondan chiqqan 13 yoshli bola qiziquvchanligi tufayli xavfli yo‘lni tanladi. U samolyotning shassi bo‘limiga yashirinib, Dehliga parvoz qildi. Parvoz davomiyligi 94 daqiqa bo‘lgan va bola yengil kiyimda, hech qanday bagajsiz yo‘lga chiqqan.
Aeroportga qo‘ngach, u uchish-qo‘nish yo‘lagida harakatlanib yurganida qo‘lga olindi. Suhbatda bola bu harakatni faqat «qiziquvchanlik» uchun qilganini bildirdi. So‘roq jarayonidan so‘ng uni Afg‘onistonga qaytarib yuborishgan.
Mutaxassislar bunday sharoitda uning tirik qolishi haqiqiy mo‘jiza deb baholanmoqda. Bu holat havo transportidagi xavfsizlik va yoshlar orasidagi tahdidlarga e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar