date

Xitoy internetda salbiy kayfiyat tarqatuvchilarga qarshi yurish boshladi

Xitoy internetda salbiy kayfiyat tarqatuvchilarga qarshi yurish boshladi

Xitoy kibermakon ma’muriyati (XKM) virtual olamda salbiy his-tuyg‘ularni tarqatayotgan kontentga qarshi ikki oylik keng qamrovli kampaniyani amalga oshirishini ma’lum qildi. Oddiy qilib aytganda, rasmiylar internet trollari va turli provokatorlarga qarshi qattiq kurash olib borish niyatida.

Ma’ruzalarda aytilishicha, bu jarayonda asosiy e’tibor ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama tarqatuvchi sahifalar, qisqa videolar platformalari va strim-translyatsiya xizmatlariga qaratilmoqda. Kampaniyada tajovuzkor targ‘ibotlar, yoki «hayotga salbiy munosabat uyg‘otadigan, yashashdan charchash kabi kayfiyatlarni aks ettiradigan» kontentlarga qarshi choralar ko‘riladi.

Harakatning yana bir asosiy yo‘nalishi yoshlar orasida keng tarqalgan, iqtisodiy qiyinchiliklar va ish o‘rinlarining yetishmasligi sababli paydo bo‘lgan «sanga madaniyati»ning tarqalishiga chek qo‘yishdir. Bu nafaqat yoshlar ongiga ta’sir qiladi, balki butun jamiyat kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

The Register nashri yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar algoritmlari ko‘pincha kontentni foydalanuvchi qiziqishiga moslab taqdim qilib, salbiy mavzularning kuchayishiga turtki bermoqda. Shu bois, yangi kampaniya birinchi navbatda turli salbiy fikrlarni tarqatayotganlar, o‘zini asossiz tanqid qilayotganlar va muhokamalarni qo‘zg‘atayotganlarga qarshi qaratilmoqda.

Shu bilan birga, sun’iy intellekt orqali tarqatiladigan shafqatsiz va murosasiz materiallar ham taqiqlanadi. Internet trollari yashirinishga majbur bo‘ladi, fitna nazariyalari va soxta axborotlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Qoidabuzarlar qattiq jazoga tortilishi aytilib, ammo davlat tomonidan qanday choralar qo‘llanishi aniq ma’lum qilinmagan.

Yangi chora-tadbirlar orqali Xitoy rasmiylari internet muhitini soflashtirish, yoshlar orasida sog‘lom kayfiyatni shakllantirish va virtual olamda nazoratni kuchaytirishni ko‘zlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy internetda salbiy kayfiyat tarqatuvchilarga qarshi yurish boshladi