date

Falastin davlatini tan olgan ikki mamlakat tarix yaratdi

Falastin davlatini tan olgan ikki mamlakat tarix yaratdi

Kanada hamda Avstraliya rasman Falastin davlatini tan oldi. Bu haqda ikki mamlakat rahbarlarining chiqishlariga tayanib, Reuters xabar tarqatdi.

Kanada bosh vaziri Mark Karni bayonotida quyidagicha dedi:

"Kanada Falastin davlatini e’tirof etadi va Falastin hamda Isroil uchun tinch va farovon kelajak yaratish yo‘lida hamkorlikka tayyor."

Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze esa ijtimoiy tarmoqda bildirgan fikrida:

"Avstraliya erkin va mustaqil Falastin davlatini tan oladi," deya ta’kidladi.

Shu tariqa, ikki muhim davlatning bu qadami xalqaro maydonda Falastin masalasiga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Falastin davlatini tan olgan ikki mamlakat tarix yaratdi