00:18 / 25.11.2024
22

Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?

Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
© Sputnik / Vitaliy Nevar
O‘tgan oqshom Rossiya havo kosim kuchlari Ukrainadagi "Yujmash" zavodiga yangi turdagi o‘rta masofali gipertovushli "Oreshnik" raketasi bilan zarba berdi. Sputnik ushbu haqida harbiy ekspert Aleksandr Xrolenko bilan suhbat qildi.

"G‘arbda Rossiyaning ushbu zarbasini Putinning yadroviy ogohlantirishi deb atashdi. Pentagon mutaxassislari ham ushbu kadrlarni sovuq terga botib tomosha qilishgan bo‘lsa kerak, chunki ular uchun bu katta syurpriz bo‘ldi.

Rossiya uzoq vaqt davomida, AQSH bilan tuzilgan xavfsizlik shartnomasi tufayli, o‘rta masofali raketalar ishlab chiqarmagan edi. Lekin bir necha yil oldin amerikaliklar bir tomonlama ushbu shartnomadan chiqib katta xatoga yo‘l qo‘yishdi. Shundan so‘ng Rossiya ham bunday raketalarni ishlab chiqara boshladi. Natijasini bugun ko‘rib turibmiz.

"Oreshnik" (o‘rmon yong‘og‘i) 10max yoki sekundiga 3 km tezlikda uchadi. Bunday tezlikda uni nafaqat G‘arb raketalari hatto ularning radarlari ham ko‘rmaydi. Bugungi kunda unga qarshi vosita yo‘q.

Dastlab raketa balandlikka ko‘tariladi, ikkinchi bosqichga o‘tganidan so‘ng uning 6ta jangovar kallaklarining har biri alohida nishonga yo‘naltirilishi mumkin.

Jangovar kallaklar ulkan tezlikda, plazma buluti ichida "Yujmash"ga jips zarba bergani videosi bugun internetda keng tarqaldi. Agar ushbu kallaklar yadroviy bo‘lganida nima bo‘lardi?

Pentagon harbiylarini ushbu holat xavotirga solmasdan iloji yo‘q. AQSH yakinda Polshada o‘z harbiy bazasini katta tantana bilan ochgan edi. Ular u yerda o‘rta masofali raketalarni joylashtirmoqchi. Endi esa bu joy oson nishonga aylanmoqda. Biror mojaro sodir bo‘lgandek bo‘lsa, "Oreshnik" u yerga 9 daqiqada yetib boradi, Germaniyadagi "Ramshteyn" harbiy bazasiga 11 daqiqada.

© Sputnik
AQSHning Yaqin Sharqdagi Qatar, Quvayt va Bahrayndagi yirik bazalariga 11-13 daqiqada. Agar raketa Uzoq Sharq hududidan uchirilsa AQSHning Tinch okeanidagi eng yirik harbiy bazasi – Pyoarl Xarborga 25 daqiqa ichida yetib borishga qodir.

Ushbu faktlarni hisobga olgan holda, Pentagon o‘zining zaifligini tushunmoqda va bu holat ularni tushkunlikka tushirmasdan iloji yo‘k. Axir ularda bunday raketa yo‘q va eng erta 2030 yilda paydo bo‘lishi mumkin.

Putin o‘z nutqida mintaqaviy mojaro global xususiyatga ega bo‘ldi deganida ushbu raketa kerak bo‘lganda xorijiy mamlakatda joylashgan nuqtaga ham yetib borishi mumkinligini nazarda tutgan edi.

AQSH va Britaniya harbiylarining Ukraina mojarosidan foydalanib Rossiya hududiga zarba berishda ishtirok etgani - bugungi kunda inkor etib bo‘lmaydigan fakt.

Bundan tashqari, "Oreshnik" bu strategik qurol hisoblanmaydi. U masofa va jangovar quvvat jihatidan taktik yadro quroli hisoblanadi. Demak xalqaro shartnomalar bilan foydalanish cheklangan strategik raketalar toifasiga kirmaydi.

Aytish joizki, Rossiyada AQSH va NATO uchun "Sarmat"dan tortib "Oreshnik"ka qadar ko‘plab syurprizlar bor. Rossiya vaziyatga qarab ularning keraklisidan foydalanishi mumkin", - dedi Xrolenko.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?