Illyustratsiya: neyroset Midjorney 6
Texnologiya avlodlar almashinuvining belgilovchi kuchlaridan biri boʻlib qolmoqda. Bu yil, ya'ni 2025 yildan 2039 yilgacha tugʻilgan bolalar Beta avlodga mansub boʻladi – ular texnologiya bilan ajoyib integratsiyani va ulkan madaniy oʻzgarishlarni koʻradilar.
«Alfa avlodi» (2010 - 2024 yillar oraligʻida tugʻilgan bolalar) atamasini yaratgan ijtimoiy tadqiqotchi va futurolog Mark Makkindl fikricha, har bir avlod davri 15 yil davom etadi – dunyodagi sezilarli oʻzgarishlarni va xalqining umumiy qadriyatlarini aks ettiradi.
Masalan Millennial (1980 va 1994) va Z avlodi (1995 va 2009) koʻproq texnologiyaga toʻyingan davrda yashayotgani bilan ajralib turdi – bu tendentsiya kuchaymoqda.
Beta avlodidan oldin Alfa avlodi aqlli texnologiya va sun'iy intellekt rivojlanishi bilan shakllangan boʻlsa-da, Beta avlodi sun'iy intellekt va avtomatlashtirish kundalik hayotga toʻliq integratsiyalashgan dunyoda yashaydi – ularning raqamli va real hayotni idrok etishi deyarli bir-biridan ajralmas boʻladi.
«Beta avlod kundalik hayotning barcha jabhalarida – ta'lim va ish joylaridan tortib, sogʻliqni saqlash, boshqa barcha sohalarga sun'iy intellekt va avtomatlashtirish toʻliq uygʻunlashgan davrda yashaydi.
Ularning shakllanish yillari shaxsiylashtirishga koʻproq e'tibor qaratilishi bilan ajralib turadi – sun'iy intellekt algoritmlari ularning oʻrganish, xarid qilish va ijtimoiy oʻzaro ta'sirlarini bugungi kunda biz tasavvur qila boshlagan usullarga moslashtiradi», – dedi Makkindl.
Boshqa tomondan, Beta avlodiga ham internetning ayrim jihatlariga nisbatan oʻsib borayotgan shubhalar ta'sir qiladi. Ular ijtimoiy media bilan oʻsgan, lekin uning hayotimizga salbiy ta'sirini yaxshi biladigan ota-onalar tomonidan tarbiyalangan dastlabki avlodlardan biri boʻladi.
«Masalan Z avlod ota-onalari farzandlarining internetdan foydalanishning afzalliklari bilan birga uning salbiy jihatlari borligini va cheklash ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ham inkor qilishmaydi», – deya qoʻshimcha qiladi mutaxassis.
2035 yilga kelib Beta avlodi dunyo aholisining 16 foizini tashkil qiladi.
Ularning dunyosi iqlim oʻzgarishi va global demografiya kabi dolzarb ijtimoiy muammolar tufayli shakllangan oldingi avlodlardan sezilarli darajada farq qiladi – ushbu masalalarga yondashuvi, ehtimol, xilma-xillik va tenglikni qoʻllab-quvvatlagan boshqa avlodlar ota-onalarining qadriyatlari asosida shakllantirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi
Bir fuqaroga rasmiylashtiriladigan kartalar soniga cheklov kiritildi
Oilaviy tinchlikning siri nimada?
APL klubi Abduqodir Husanovga hammadan koʻproq narx taklif qildi
"Dev va Pakana", katta odamlar va jamiyatning qalbi
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning siyosiy yoʻli qanday kechgan?
Mutaxassis tarmoqlardagi sarosima haqida: “Metapnevmovirus umuman yangi emas, vahimaga oʻrin yoʻq”
"Superliga - 2024"ning eng yaxshi futbolchisi yangi mavsumni qayerda oʻtkazadi?