
2025-yil sentabr oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 million 167 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan o‘sishda davom etmoqda.
Hududlar kesimida eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida — 10,4 million so‘m, Navoiy viloyatida esa 7,6 million so‘mni tashkil etdi. Eng past oyliklar Qashqadaryo (4,2 million so‘m) va Surxondaryo (4,3 million so‘m) viloyatlarida qayd etildi.
Sohalar bo‘yicha tahlilga ko‘ra, sug‘urta sohasida ishlovchilar eng yuqori daromadga ega bo‘lib, o‘rtacha 20,9 million so‘m maosh olmoqda. Eng past oylik esa maktabgacha ta’lim tizimida — 2,7 million so‘m atrofida.
Mutaxassislar fikricha, mamlakat bo‘ylab ish haqi miqdoridagi tafovutlar hududlar iqtisodiy faolligi, investitsiya hajmi hamda mehnat bozori talabiga bevosita bog‘liq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!