
2026-yildan boshlab O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirayotgan kompaniyalarga soliq imtiyozlari taqdim etiladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning olis hududlarida aloqa va internet sifatini yaxshilash maqsadida sun’iy yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirishga oid qarorni imzoladi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab o‘rta va past orbitada sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlarini joriy etayotgan kompaniyalar besh yil davomida bojxona to‘lovlari, QQS va foyda solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, mamlakatda yer usti tarmoqlari qamroviga ega bo‘lmagan hududlarda sun’iy yo‘ldosh tarmoqlarini joriy etish va internet xizmatlarini taqdim etish uchun huquqiy sharoitlar yaratiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar