
AQSh prezidenti Donald Tramp Osiyo bo‘ylab tashrifi davomida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha bir qator kelishuvlarni imzolashni rejalashtirmoqda. Bloomberg xabariga ko‘ra, ushbu qadamlar Qo‘shma Shtatlarning mavqeini mustahkamlash va dunyo bozorining Xitoyga bog‘liqligini kamaytirishga qaratilgan.
Xitoy mazkur sohada yetakchi o‘yinchi bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuvlar barqaror ta’minot zanjirlarini yaratish, AQSh iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va global o‘sishni rag‘batlantirishga yordam berishi kutilmoqda.
Hozircha ushbu kelishuvlarning batafsil tafsilotlari oshkor qilinmagan. Tramp o‘z tashrifi davomida Malayziyani ziyorat qilib, Janubi-Sharqiy Osiyo Davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN) sammitida ishtirok etadi.
Shuningdek, Yaponiya va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik forumi (APEC)da qatnashadi. Sammit doirasida 30-oktabr kuni AQSh prezidenti va Xitoy rahbari Si Tszinpin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar