date

Arujan Aybekova Toshkent metrosidagi videodan keyin qo'lga olindi


Olmaotada bloger Arujan Aybekova qo'lga olindi. U ilgari Toshkent metrosida provokatsion video suratga olib, e'tibor markaziga tushgan edi.

Bu haqda Olmaota politsiya departamenti xabar berdi. Arujan ijtimoiy tarmoqlarida metroda yo'lovchilarga bezovtalik yetkazgan holatni aks ettiruvchi video e'lon qilgan.

Ushbu videodan so'ng unga nisbatan mayda bezorilik bo'yicha ma'muriy ish qo'zg'atilgan va materiallar sudga yuborilgan. Politsiya vakillari ma'lum qilishicha, avvalroq bloger bilan profilaktik suhbat o'tkazilgan, biroq bu chora yetarli natija bermagan.

Huquq-tartibot organlari jamoat joylarida axloqsiz va provokatsion xatti-harakatlar qonun oldida javobgarlikka olib kelishini yana bir bor eslatib o'tdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arujan Aybekova Toshkent metrosidagi videodan keyin qo'lga olindi