
Fransiyada Luvr muzeyini talon-taroj qilishda gumon qilingan shaxslar qo'lga olindi, deb xabar bermoqda Reuters. Ulardan biri Sharl de Goll aeroportida, Jazoirga uchmoqchi bo'lganida qo'lga olingan.
Parij yaqinidagi Sena-Sen-Deni hududidan bo'lgan ikki erkak 26-oktyabr kuni kechqurun hibsga olingan. Ammo talon-taroj qilingan zargarlik buyumlari hali topilgani yo'q.
Parij prokurori Lor Bekko hibsga olish haqidagi ma'lumotlarning oshkor bo'lishini qoraladi. U bu holatni tergovni qiyinlashtirayotganini ta'kidladi.
Tergovda yuzga yaqin tergovchi ishtirok etmoqda. Ichki ishlar vaziri Loran Nunes politsiyaning ishini yuqori baholab, ammo tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortdi.
Talablar 19-oktyabr kuni sodir bo'lgan. To'rt nafar niqobli shaxs XIX asrga oid umumiy qiymati 102 million dollar bo'lgan sakkizta zargarlik buyumini olib chiqib ketgan.
O'g'irlangan buyumlar orasida qirolicha Mari-Ameliya va imperator ayol Evgeniyaning tilla toj va sirg'alari bor edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar