Bennu asteroidi yerga urilishi mumkin

1 daqiqa o'qish34.1K
Bennu asteroidi yerga urilishi mumkin
Olimlar Bennu asteroidi va Yer toʻqnashuvi ehtimolini qayta hisoblab chiqishdi va mumkin boʻlgan oqibatlarini baholashdi. Xulosalar optimistik emas – toʻqnashuv global harorat pasayishi va oʻsimliklarning kamayishiga olib kelishi mumkin.

Bennu asteroidi erga 2182-yil sentyabr oyida urilishi mumkin. Hozirgi baholarga koʻra, uning toʻqnashuv ehtimoli 1:2700 yoki 0,04%. Asteroidning diametri 500 metr, va agar u yerga tushsa, sayyora uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi aniq.

Olimlar modellashtirish natijalariga koʻra, 100–400 million tonna chang atmosferaga tarqaladi, bu esa quyosh nurlarining yerga tushishini kamaytiradi va fotosintez jarayoniga katta zarar yetkazadi. Oʻrtacha global harorat 4°C ga pasayadi, yogʻingarchiliklar esa 15% ga kamayadi. Natijada, quruqlik va dengiz ekotizimlari fotosintezi 20–30% ga qisqaradi, bu esa butun dunyo boʻylab oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladi.

Shuningdek, dengiz ekotizimlari tez tiklanishi mumkin. Dengizlarga asteroid zarbasi natijasida hosil boʻlgan minerallar, ayniqsa temir moddasi, tushishi natijasida planktonlar faol koʻpayadi. Bu esa oʻz navbatida oziq-ovqat zanjirining qayta tiklanishiga yordam beradi.

Tarixga qaraganda, insoniyat bunday zarbalaraga bardosh berib kelgan. Olimlarning hisob-kitobiga koʻra, bunday hajmdagi asteroidlar har 100-200 ming yilda bir marta yerga tushadi. Demak, ajdodlarimiz shunday sinovlarni boshdan kechirgan va omon qolgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?