
Ijtimoiy tarmoqlarda o'zbekistonliklar AQSh ko'chalarida o'zbekcha to'y tashkil qilgani aks etgan video keng tarqaldi. Ushbu video telegram kanallarida ham qizg'in muhokama qilindi.
Videoda kuyov va uning do'stlari "Kuyov navkar" marosimini o'tkazgani, kuyov jo'ralari milliy kuy-qo'shiqlar sadolari ostida kelin uyiga yetib borgani tasvirlangan. Bundan tashqari, kelin uyi o'zbek to'ylariga mos ravishda bezatilgani ham ko'zga tashlanadi.
Videoni tomosha qilgan foydalanuvchilar ma'lum qilishicha, kelinning amerikalik qo'shnilari bu noodatiy tantanadan hayratda qolgan. Ular dastlab bu voqeaning to'y ekanini tushunmagan, balki bir guruh yigitlarning kostyum-shimda raqsga tushib, biror uyga kirib ketayotganini kuzatib hayron qolishgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda yaqinda dabdabali to'ylar uchun cheklovlar joriy etilgan. Hukumat fuqarolarni moliyaviy muammolardan asrash maqsadida to'ylar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda.
Amerikada o'zbekcha to'y hayratga soldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar