101 kilo oltindan yasalgan hojatxona auksionga qo‘yiladi

1 daqiqa o'qish9.3K
101 kilo oltindan yasalgan hojatxona auksionga qo‘yiladi

Italiyalik rassom Mauritsio Kattelan yaratgan 18 karatli oltin hojatxona yaqin orada auksionga chiqadi, deb xabar berdi ABC News.

Bu "Amerika" deb nomlangan noodatiy asar 101 kilogramm toza oltindan yasalgan bo‘lib, 18 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksionida 10 million dollardan savdoga qo‘yiladi.

Auksion vakillari ma’lum qilishicha, xaridorlar narxni onlayn kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi. Biroq ekspert Devid Galperin bu asarga "o‘tirish" mumkin emasligini, uning san’at qiymati boshqa narsa ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, "Amerika" nomi berilgan hojatxonaning ilk versiyasi 2016 yilda Nyu-Yorkdagi muzeyda o‘rnatilgandi. Ammo 2019 yilda u o‘g‘irlab ketilgan. Keyinroq rassom uning yangilangan nusxasini yaratib, yana jamoatchilikka namoyish etdi.

Kattelanning so‘zlariga ko‘ra, bu asar cheksiz boylik va insonning shon-shavkatga bo‘lgan haddan tashqari intilishini ifoda etadi. Auksion mutaxassislari esa narxning keskin oshishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Avvalroq esa Amerikada Somatis nomli startap jamoat hojatxonalarini avtomatik tozalaydigan robotni ishlab chiqqanini ma’lum qilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?