date

Van Deyk "Real"ga o‘tmoqchi edi

Van Deyk "Real"ga o‘tmoqchi edi
“Liverpul” sardori Virjil van Deyk joriy yil yozida “Real”ga o‘tishga katta qiziqish bildirgan edi. Gollandiyalik futbolchining agentlari Madrid klubi bilan bog‘lanishgan, va van Deyk oxirgi daqiqagacha taklifni kutgan.

Biroq, “Real” tomonidan qiziqish bo‘lmagach, van Deyk “Liverpul”ning taklifini qabul qilib, shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Transfer News Live jurnalist Xose Feliks Diasga asoslanib xabar berdi.

Van Deykning “Liverpul” bilan shartnomasi 2027-yilning o‘rtasigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali 34 yoshli himoyachining transfer qiymatini 23 million yevro deb baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni “Liverpul” va “Real” Chempionlar Ligasi doirasida to‘qnash keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Van Deyk "Real"ga o‘tmoqchi edi