date

Gvardiola: Hech kim jadvalni o‘zgartirmaydi

Gvardiola: Hech kim jadvalni o‘zgartirmaydi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoalar o‘yinlar jadvali haqida fikr bildirdi. Murabbiydan Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yini oldidan “Borussiya” bir kun ko‘proq dam olish imkoniga ega bo‘lishi haqidagi fikri so‘raldi.

“Biz bunga o‘rganib qolganmiz. Vaziyat shunday – hech kim jadvalni o‘zgartirmaydi.

Germaniya va Fransiyada Chempionlar Ligasi o‘yinlarini o‘tkazadigan jamoalar milliy chempionatdagi o‘yinlarini odatda juma kuni o‘tkazishadi, bu ularga ko‘proq dam olish imkonini beradi. Ammo Angliyada bu boshqacha.

Bu menga yoqmaydi, lekin tizim shunday tashkil qilingan”, – dedi Gvardiola matbuot anjumanida. “Manchester Siti” va “Borussiya” o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi o‘yini 5-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: Hech kim jadvalni o‘zgartirmaydi