Bastakorning miyasi o‘lganidan keyin ham kuy yaratmoqda — mo‘jizaviy installyatsiya Avstraliyada

2 daqiqa o'qish1.5K
Bastakorning miyasi o‘lganidan keyin ham kuy yaratmoqda — mo‘jizaviy installyatsiya Avstraliyada
Avstraliyaning G‘arbiy san’at galereyasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan noodatiy installyatsiya san’at va fanni yagona maydonga jamladi. Bu yerda tinglovchilar simfoniyani jonli orkestrdan emas, o‘lgan inson miyasining kichik bir bo‘lagi yaratayotgan musiqadan bahra olishmoqda.

Kompozitorning qonidan yaratilgan “mini-miya”
Installyatsiya markazida joylashgan “Revivification” (qayta tirilish) deb nomlangan loyiha doirasida 2021 yildan beri marhum amerikalik avangard-bastakor Elvin Lyusiyening qonidan laboratoriyada yetishtirilgan “mini-miya” – ya’ni serebral organoid faoliyat yuritmoqda.

Loyiha hammualliflaridan biri, rassom Natan Tompson aytishiga ko‘ra, bu neyron to‘qima miya faoliyatini taqlid qiladi va xuddi tirik miya singari elektr signallari to‘lqinlari yuborib turadi.

Installyatsiya qanday ishlaydi?
Butun installyatsiya 20 ta katta jez plastinadan iborat bo‘lib, ular devorga parabolik shaklda o‘rnatilgan. Har bir plastinaning ortida mini-miyadan kelayotgan neyron impulslarga javob beradigan dinamik va bolg‘acha mavjud. Elektr signallari shu tizimni harakatga keltiradi va g‘aroyib musiqiy muhit yaratiladi.

E’tiborlisi, bu "miya" faqatgina musiqa ijro etmasdan, o‘zi yaratgan tovush va mehmonlar ovozlariga reaksiya qaytarishni ham "o‘rganmoqda". Ya’ni — yolg‘iz emas, interaktiv ijrochi!

Elvin Lyusiye “o‘lganidan so‘ng” ham ijod qilmoqda
Elvin Lyusiye bu kabi tajribalarga hali hayotligidayoq qiziqqan — 1965 yilda u “Music for Solo Performer” asarida EEG miya to‘lqinlari orqali musiqa yaratgan birinchi kompozitorga aylangan.

Loyiha rahbarlaridan biri Gay Ben-Ari ta’kidlaydi:

“U hayotligidayoq: 'men abadiy musiqa yarataman', degan va bu loyihani amalga oshirishga rozilik bildirgan. Shu bois, organoidni uning o‘limdan keyingi ijrochisi sifatida qabul qilish — tabiiy davomidir”.

Bu san’atmi yoki fanmi?
Installyatsiya nafaqat san’at, balki falsafiy va etik savollarni ham o‘rtaga tashlayapti:
  • Ongsiz miya tomonidan yaratilgan musiqani ijod deb atash mumkinmi?
  • San’at faqat tirik inson ongiga bog‘liqmi?

Tomoshabinlar bu “tirik installyatsiya”ga qarab turib, jonlilik, ijod va ongning chegaralari haqida o‘ylab qolishi turgan gap.

“Revivification” loyihasi — bu san’at, fan va hayot orasidagi noaniq, ammo qiziqarli chegara. Elvin Lyusiyening “o‘limi” uning ijodi uchun yakun emas, balki yangi sahifa bo‘lgani shubhasiz.

Balki, yaqin kelajakda biz miyasiz ijrochilar, “ongsiz kompozitorlar” va interaktiv simfoniyalar davriga kirib borayotgandirmiz?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?