
Nemis olimlari dunyoda ilk bor genetik modifikatsiyalangan o‘rgimchaklarni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu o‘rgimchaklar qorong‘uda qizil ravshanlikda porlab turadigan to‘r to‘qiy oladi. Olimlar bu texnologiyani amalga oshirish uchun tuxum hujayralariga maxsus DNK kodlovchi eritma yuborishdi.
Bu innovatsiya nafaqat biologiyadagi katta yutuq sifatida baholanmoqda, balki kelajakda tibbiyot va materialsozlik sohalarida ham yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin. Masalan, kelajakda xirurgiyada qo‘llaniladigan to‘qilgan jips iplarning mustahkamlik va parchalanish xususiyatlarini to‘g‘rilash, elastiklikni aniq “sozlash” imkoni paydo bo‘ladi.
Qiziqchiki, bu to‘rlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘z bilan ham kuzatilishi mumkin, bu esa ilmiy kuzatuvlar, tadqiqotlar va amaliyotlar uchun juda foydali bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar