date

"Islam yutqazsa, qo‘y boqishga qaytadi" — Topuriyadan o‘ta qattiq bayonot!

"Islam yutqazsa, qo‘y boqishga qaytadi" — Topuriyadan o‘ta qattiq bayonot!
UFC jangchisi Iliya Topuriya joriy haftada Tbilisida tashkil etilgan matbuot anjumanida Islam Maxachev haqida kutilmagan bayonot bilan chiqdi. Ispaniya-gruziyalik chempion o‘z raqibiga jiddiy ogohlantirish bilan murojaat qildi va kelajakdagi jang taqdiri haqida ochiq gapirdi.

"Agar Islam Maxachev Jek Della Maddalenaga qarshi bo‘lib o‘tadigan chempionlik jangida mag‘lub bo‘lsa, u Dog‘istonga qaytib, fermada qo‘y boqishni davom ettirishi mumkin. Ammo agar u g‘alaba qozonsa, men o‘zimning vazn toifamni oshirishga qaror qilaman — bu aniq!"— dedi Topuriya jurnalistning savoliga javob berar ekan.

Shuningdek, u o‘z so‘zida Maxachev g‘alaba qozongan taqdirda, 2025 yil iyun oyida Oq uyda tashkil etiladigan Amerika Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan turnirda unga qarshi ringga chiqish niyati borligini ham bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Iliya Topuriya hozirda yengil vazn chempionlik kamariga ega bo‘lib, u kelasi yilning yanvar oyida Los-Anjelesda o‘tkaziladigan UFC 324 turnirida oktagonga qaytishi kutilmoqda.

Islam Maxachev va Jek Della Maddalena o‘rtasidagi jang esa 15 noyabr kuni Nyu-York shahridagi UFCning raqamlangan kechasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu to‘qnashuv ikki jangchi uchun ham katta sinov bo‘lishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Islam yutqazsa, qo‘y boqishga qaytadi" — Topuriyadan o‘ta qattiq bayonot!